SUN’IY INTELLEKT DAVRIDA TA’LIM OLIŞ | OÇIQ MULOQOT
04.11.2026Joriy yilning 6-noyabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamkorligida talabalar uçun onlayn oçiq muloqot taşkil etiladi.

Raqamli taʼlimni rivojlantiriş markazi, Uzinfocom hamda UNICON-SOFT mutaxassislari sun’iy intellekt davrida ta’lim oliş, talab yuqori bölgan kasblarni egallaş va öz bilimingiz orqali yuqori daromadga çiqiş yöllari haqida söz yuritadi.
Şuningdek, IT Park Uzbekistan tomonidan mamlakatimizdagi startap ekotizimi, uning rivojlaniş istiqbollari, talabalar erişayotgan yutuqlar, innovatsion ğoyalarni biznesga aylantiriş imkoniyatlari hamda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Öz loyihangiz yoki taklifingiz bölsa, quyidagi havola orqali yuboring. Savollaringizni esa izohlarda qoldirişingiz mumkin!
Eng yaxşi taklif bergan iştirokçilarga qimmatbaho sovğalar (Zamonaviy noutbuk, Ipad planşeti, Coursera xalqaro ta’lim platformasi litsenziyalari) taqdim etiladi.
Sana: 6-noyabr.
Vaqt: 15:00.
