KOREYA BILAN TA’LIM HAMKORLIGINING YANGI ISTIQBOLLARI

06.11.2026

Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreya Respublikasi Kyonggido viloyati Ta’lim boşqarmasi delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi.

Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov va Kyonggido viloyati Ta’lim boşqarmasi Demokratik fuqarolik ta’limi bölimi boşliği Kim Yn-jong boşçiligidagi delegatsiya iştirokida ötgan muloqotda ta’lim sohasidagi aloqalarni rivojlantiriş, akademik almaşinuv va qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Uçraşuvda universitetning koreys tilini öqitiş borasidagi tajribasi va mavjud imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilişiça, ÖzDJTUda koreys tili 1995-yildan buyon ikkinçi çet tili, 2017-yildan esa asosiy çet tillaridan biri sifatida öqitilmoqda. Ayni paytda 1 000 nafardan ortiq talaba koreys tilini örganmoqda. Maşğulotlarga 32 nafar mutaxassis, jumladan, Koreyadan kelgan 8 nafar pedagog jalb etilgan.

Şuningdek, universitetning Koreya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi, talabalar akademik almaşinuvi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan amalga oşirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, 2025–2026-yillarda KOICA tomonidan ajratilgan 1,116 million AQŞ dollari miqdoridagi grant asosida universitetda Koreya ta’lim va madaniyat markazi taşkil etilgan. Markaz doirasida koreys tili va madaniyatini örgatiş, şuningdek, K-pop, taekvondo va boşqa yönalişlarda tögaraklar faoliyati yölga qöyilgan.

Muzokaralar davomida Kyonggido viloyatining «Gyeonggi Korean Language Sçool» (KLS) ta’lim kontentini universitet öquv jarayoniga integratsiya qiliş, mahalliy talabalar va koreys millatiga mansub fuqarolar uçun koreys tili böyiça qöşma ta’lim dasturlarini işlab çiqiş masalalari körib çiqildi.

Bundan taşqari, Kyonggido viloyatidagi maktab va oliy ta’lim muassasalari bitiruvçilarini ÖzDJTUning bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqiçlariga jalb etiş, çet tillari öqituvçilarining malakasini oşiriş hamda ta’lim sohasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlaş böyiça takliflar bildirildi.

Uçraşuv yakunida tomonlar koreys tili ta’limi, akademik mobillik va qöşma ta’lim dasturlari böyiça hamkorlikni rivojlantirişga özaro qiziqiş bildirdi hamda istiqboldagi hamkorlik yönalişlarini belgilab olişga kelişib oldi.