Turkmaniston poytaxti Aşxobod şahridagi Dovletmammet Azadi nomidagi Turkman milliy jahon tillari institutida Özbek tili bayramiga bağişlangan tantanali tadbir taşkil etildi.

Tadbirda 300 ga yaqin mehmon, jumladan, diplomatik korpus vakillari, vatandoşlar, ziyolilar, professor-öqituvçilar va talabalar iştirok etdi.
Unda Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi strategik şeriklik, döstlik va madaniy-gumanitar aloqalar izçil rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi. Şuningdek, tillarni örganiş va madaniyatlararo muloqot xalqlar örtasidagi özaro anglaşuvni mustahkamlaşda muhim örin tutişi qayd etildi.


Tadbir doirasida özbek tilining tarixi, betakror boyligi va bugungi kundagi ahamiyatiga bağişlangan ilmiy-ma’rifiy taqdimotlar ötkazilib, iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
Bunday taşabbuslar özbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini oşiriş, milliy madaniyat va ma’naviy merosni keng tarğib etişga xizmat qiladi.
