TA’LIMNING BARÇA BOSQIÇLARI ÖRTASIDAGI UZVIYLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
16.11.2026Jizzax viloyatida «Boğça – maktab – universitet» tamoyili asosida ta’lim taşkilotlari örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş işlari davom etmoqda.



Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati va viloyat Ta’lim va ilm-fan boşqarmasi vakillari Jizzax şahri hamda Şarof Raşidov tumanidagi umumta’lim maktablari faoliyati bilan tanişdi.
Ayni paytda viloyatdagi 607 ta maktabda 286 ming nafardan ziyod öquvçi ta’lim olmoqda. 25 mingdan ortiq pedagog faoliyat yuritmoqda. Bitiruvçilarning oliy ta’limga kiriş körsatkiçi esa 54,9 foizni taşkil etadi.
Uçraşuvlarda pedagogik sinflar faoliyati, maktabgaça, umumiy örta va oliy ta’lim dasturlari örtasidagi uzviylikni ta’minlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Jizzax şahridagi oltita maktabda taşkil etilgan pedagogik sinflarda 300 nafarga yaqin 10–11-sinf öquvçisi tahsil olmoqda. Ularga universitetning malakali pedagoglari maşğulotlar olib bormoqda.
Hamkorlikning asosiy maqsadi – pedagoglik kasbiga qiziqadigan iqtidorli yoşlarni erta aniqlaş, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantiriş va kelajakda malakali pedagog kadrlar tayyorlaş uçun uzluksiz ta’lim muhitini şakllantirişdan iborat.
