OLIY TA’LIM MUASSASALARI ÖRTASIDA XALQARO HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
18.11.2026Özbekiston–Iordaniya oliy ta’lim taşkilotlari rektorlarining birinçi forumi doirasida Toşkent davlat şarqşunoslik universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytiriş, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalaridagi aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş borasida muhim kelişuvlarga erişildi.
Xususan, universitet hamda Iordaniya Hoşimiylar Podşohligining uçta nufuzli oliy ta’lim muassasasi: Yaqin Şarq universiteti (Middle East University), Hoşimiylar universiteti (The Haşemite University) va Yarmuk universiteti (Yarmouk University) örtasida özaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Mazkur memorandumlar doirasida akademik almaşinuvni rivojlantiriş, professor-öqituvçilar va talabalar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş, qöşma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş hamda ta’lim sohasida ilğor tajribalarni özaro almaşiş uçun mustahkam zamin yaratiladi.


