O‘ZBEKISTON VA ISPANIYA UNIVERSITETLARI O‘RTASIDAGI HAMKORLIK YANGI BOSQICHGA KO‘TARILMOQDA
12.06.2026Madrid shahridagi Rey Xuan Karlos universitetida O‘zbekiston–Ispaniya universitetlari rektorlari birinchi forumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Forum doirasida oliy ta’lim, ilm-fan va akademik almashinuv sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, universitetlararo aloqalarni mustahkamlash hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Sessiyalar, uchrashuvlar va muzokaralar davomida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish hamda istiqbolli ilmiy-ta’limiy tashabbuslarni hayotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashilmoqda.
Mazkur forum O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda xalqaro ta’lim makonidagi integratsiyani kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.



