O‘ZDJTU VA MADRID AVTONOM UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

21.04.2026

Madrid Avtonom Universitetida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, akademik aloqalarni kengaytirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi: talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini (Double degree) yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida hamkorlikni rivojlantirish, Erasmus+ hamda boshqa xalqaro grant dasturlarida birgalikda ishtirok etish, shuningdek, ispan tili va lingvistik tadqiqotlarni kengaytirish.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik memorandumini (MoU) ishlab chiqish, akademik mobilitetni rivojlantirish va qo‘shma ilmiy loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Ma’lumot uchun: Madrid Avtonom Universiteti (Universidad Autónoma de Madrid, UAM) 1968-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Ispaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biridir. Universitet Madrid shahri yaqinidagi zamonaviy kampuslarda joylashgan.