Toyo University Prezidenti Etsuko Yaguchi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.




Tashrif doirasida Yapon filologiyasi yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazilib, talabalar yapon tilida O‘zbekiston tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari haqida taqdimotlar namoyish etdilar. Shuningdek, mehmonlarga dutor ijrosidagi milliy kuylar taqdim etildi.
Uchrashuvda O‘zDJTUda Toyo University markazini tashkil etish bo‘yicha rejalar ham taqdim etilib, ta’limiy va ilmiy loyihalar, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar muhokama qilindi.



Delegatsiya, shuningdek, 81-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan tanishib, yapon tilini o‘qitish jarayoni, zamonaviy metodikalar va o‘quvchilarning tilga qiziqishini oshirish masalalarini muhokama qildi.
ECO loyihalari doirasidagi hamkorlik istiqbollari ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi.



