TURKIYA–O‘ZBEKISTON HAMKORLIGI DOIRASIDAGI XALQARO ALMASHINUV DASTURI OCHILDI
11.06.2026O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Qadimiy so‘z izida: Turkiya–O‘zbekiston til va adabiyoti mutaxassislar almashinuvi dasturi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ikki mamlakat mutaxassislari ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik istiqbollari, akademik mobillik, qo‘shma tadqiqotlar hamda xalqaro loyihalar masalalarini muhokama qildilar.
Dastur O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga xizmat qiladi.




