1-IYULDAN MAGISTRATURAGA QABUL BOSHLANDI

02.07.2019

Joriy yilning 1-iyulidan boshlab 2019-2020-o’quv yili uchun magistraturaga qabul jarayonlari boshlandi.

Ta’limning magistratura yo’nalishi uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:
• oliy ma’lumotni tasdiqlovchi diplom va unga ilova (byudjetda o‘qiganlar uchun diplomdan ko‘chirma);
• chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo‘lgan holda);
• 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
• 086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
• qonun hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi;

HUJJATLAR 1 IYULDAN 30 IYULGACHA QABUL QILINADI.

  • hujjatlar topshirish bepul, avvalgi yilda bitirganlardan ham pul olinmaydi, bu tizim faqat bakalavrga taalluqli;
  • hujjatlar bevosita OTMlarning o‘zida qabul qilinadi, DXM yoki boshqa OTMlar orqali hujjatlar olinmaydi;
  • magistraturada faqat bitta yo‘nalishga hujjat topshirish mumkin;
  • joriy yilda ilk marotaba bakalavr bo‘yicha turdosh mutaxassisliklarni tugatmaganlar ham magistraturaga hujjat topshira olishadi. Faqat hozircha OTMlar kesimida ruxsat etiladigan mutaxassisliklar ro‘yxati tasdiqlanmadi, kutib turishga to‘g‘ri keladi.
  • joriy yildan boshlab magistraturaga xuddi bakalavr kabi super-kontrakt tizimi ham joriy etiladi;
  • imtihon faqat 2 ta fandan bo‘ladi: mutaxassislik fani (100 ballgacha) va chet tili (50 ballgacha);
  • shuningdek, bitiruvchining diplom ilovasida qayd etilgan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ham qo‘shiladi (100 ballgacha);
  • magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi;
  • xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida B2) yoki DTM tomonidan beriladigan B2 yoki C1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi;

Bundan buyon magistratura uchun quyidagi fanlardan imtihon bo‘lmaydi:
– ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida suhbat;
– «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha;
– O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha;

  • kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) 3 — 15 avgust kunlari o‘tkaziladi;
  • kirish sinovlari (maxsus test sinovlari)ni qayta topshirish man etiladi;
  • mutaxassislik bo‘yicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganlar, shuningdek, belgilangan muddatlarda kirish sinovlariga kelmaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi;
  • abituriyent sinov natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, sinov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida sinov ishini apellyatsiyaga berishi mumkin. Apellyatsiya haqidagi arizani ko‘rib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.

Manba: Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning 
Telegram kanalidan olindi

3 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Yorkinoy
    #1 Yorkinoy 10 Iyul, 2020, 15:27

    Juda ajoyib savollarni qiyinlawtirilmagan holatta boladi deb oylemiz

    Reply this comment
  2. Madina
    #2 Madina 22 Iyul, 2020, 17:51

    magistratura imtihon kunini qayerdan bilsak bòladi

    Reply this comment
  3. Melord
    #3 Melord 27 Iyul, 2020, 14:03

    Mutaxasislik bo’yicha 30 ta Ilmiy salohiyatni aniqlash bo’yicha 10 ta test qo’shilgan ekan. Bu test ham mutaxasislik fani bo’yicha tuziladimi? Shu haqida malumot kerak iloji bo’lsa.

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

три + 11 =