2019/2020 O‘QUV YILI UCHUN QANCHA ABITURIYENT RO‘YXATGA OLINDI?

16.07.2019

2019/2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlandi. 

Davlat test markazi ma’lumotlariga qaraganda, respublika bo‘yicha jami 60 ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 30 ta filiallariga kirish uchun 1 mln. 66 ming 925 nafar abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shundan kunduzgi ta’lim shakliga – 718 097 nafar, kechki ta’lim shakliga – 13 821 nafar, sirtqi ta’lim shakliga – 335 007 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 90 ta oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari va 201 ta Davlat xizmatlari markazlarida 4 500 dan ortiq operatorlar tomonidan amalga oshirildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × 4 =