O‘ZBEKISTONDA “YOSHLAR TURIZMI HAFTALIGI” O‘TKAZILADI

27.12.2023

2024-yil 1-10-yanvar kunlari O‘zbekistonda “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkaziladi.

1-10-yanvar – o‘quv ta’tili kunlarida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkaziladi

7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlarga Haftalik doirasida respublikamizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishi mumkin.

Ushbu haftalik munosabati bilan yoshlarimiz uchun yo‘l va transport xarajatlariga, teatr, kinoteatr va konsertlarga kirishda maxsus chegirmalardan foydalanish imkoniyati beriladi, muzey va madaniy meros obyektlariga kirish esa mutlaqo bepul bo‘ladi. 

Batafsil ma’lumot.