27-SENTABR – BUTUNJAHON TURIZM KUNI

26.09.2019

Butunjahon turizm kuni Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi tomonidan 1979-yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida ta’sis etilgan va har yili 27-sentabrda nishonlanadi. Ushbu sana 1970-yilning 27-sentabr kunida Butunjahon turizm tashkilotining Nizomi qabul qilinganligi sababli tanlangan.

Bayramning maqsadi turizmni targ’ib qilish, uning jahon hamjamiyati iqtisodiyotiga qo’shgan hissasini yoritish, turli mamlakatlar xalqlari o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirishdan iborat. Xalqaro hamjamiyatning e’tiborini turizmning ahamiyati va uning ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy ahamiyatiga qaratishga qaratilgan.

O’tgan yarim asr mobaynida turizm dunyodagi eng tez rivojlangan va eng muhim iqtisodiy tarmoqlardan biriga aylandi. ba’zi mamlakatlar uchun turizm hatto davlat byudjeti daromadining asosiy qismidir. Turizm sektori jahon yalpi ichki mahsulotining 10%dan ortig’inini tashkil etadi. So’nggi yillarda global iqtisodiy inqiroz, tabiiy ofatlar va epidemiyalar kabi muammolarga qaramasdan bu soha rivojlanishda davom etmoqda. Bundan tashqari, turizm bilan bog’liq yangi texnologiyalarning paydo bo’lishi va transport narxining pasayishi xalqaro sayohatlarning ko’payishiga olib kelmoqda

Bayram dunyoning aksariyat mamlakatlarida 30 yildan ko’proq vaqt davomida nishonlab kelinmoqda. Har yilgi bayram muayyan mavzuga bag’ishlanadi.

Bu yilgi bayram – “Turizm va ish joylari: barcha uchun yorqin kelajak” shiori ostida o’tkaziladi.

Butunjahon turizm kuni  – dunyodagi istalgan joyda «ochiq eshiklar kuni». Dunyoda sayohat qilishni yoqtirmaydigan, yerning yangi kashf qilinmagan burchaklarida bo’lishni orzu qilmaydigan inson topilmasa kerak. Demak, bu kun – o’zini sayyoh kabi his qiladigan har bir kishining bayrami. Bu kunda dunyoning bir burchagidan boshqasiga safar qilish shart emas. O’zingiz istiqomat qilayotgan mamlakatning ichki turizmini rivojlantirish uchun bu kun ayni muddao!

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 − 3 =