ABITURIYENTLAR VA TALABALARGA VENGRIYADA TAHSIL OLISH UCHUN GRANT DASTURI

06.01.2021

Vengriya hukumati tomonidan har yili o‘tkaziladigan «Stipendium Hungaricum» grant dasturiga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

Hujjatlarni topshirishning so‘nggi muddati – 2021-yil 16-yanvar

Mazkur dastur orqali bakalavriatura, magistratura va doktoranturaga hujjat topshirish mumkin.

Ushbu grant dasturida ishtirok etishni istaganlar uchun hujjat topshirish jarayonida hujjatlarning asl nusxasini taqdim etish talab qilinmaydi (qog‘oz (“hard copy”) ko‘rinishida topshirish shart emas). «Hujjatlar qabuli to‘g‘risida e’lon»ning 3.4.2-band 1-xat boshi o‘zbekistonliklarga taalluqli emas.

Hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Tempus jamoat fondi (ushbu stipendiya dasturining Vengriya tomonidan koordinatori)ga onlayn tarzda topshirishda barcha belgilangan talablarga rioya qilish kifoya.

Tempus jamoat fondiga hujjatlarni onlayn topshirish «DreamApply» onlayn tizimi orqali amalga oshiriladi – https://apply.stipendiumhungaricum.hu/.

Batafsil: stipendiumhungaricum.hu

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × 4 =