ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA: VEBSTER UNIVERSITETI UCHUN QABUL DAVOM ETMOQDA

01.07.2019 176

O‘zbekistonda ochilgan AQShning nufuzli universitetiga qabul davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi PQ-4245-sonli qarori bilan Toshkent shahrida Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi tashkil etilgan edi. 

Vebster universitetining Toshkent shahridagi markazida 2019/2020 o‘quv yili uchun quyidagi bakalavriatning ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda:

Bakalavriat:

  • Biznes boshqaruvi (BA Business Administration);
  • Media kommunikatsiya (BA Media Communication);
  • Ingliz tili ikkinchi til sifatida (BA ESL). 

    Magistratura:
  • Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish (MA TESL);
  • Biznes boshqaruvi (MBA);
  • Media kommunikatsiya (MA Media Communication).

Vebster universitetining Toshkent shahridagi markaziga abituriyentlarni qabul qilishda kirish imtihoni ko‘zda tutilmagan. 
Abituriyentlardan hujjatlar onlayn qabul qilinadi. Nomzodlar quyidagi hujjatlarni ingliz tilida tayorlab, uzadmissions@webster.edu elektron manziliga yuborishi lozim:

1. Ariza – Application form
(http://www.webster.edu/documents/uzbekistan/undergraduate-application-uzbekistan.pdf)

2. Xalqaro til bilish sertifikati (TOEFL 80/IELTS 6.0)
3. Diplom va uning tasdiqlangan ilovasi (o‘rtacha baho 2.5 dan yuqori bo‘lish kerak)
4. O‘qituvchi yoki ustozdan tavsiyanoma 
5. Pasport nusxasi
6. Insho (erkin mavzuda: kareraviy maqsadlar; aynan nima uchun Vebster universitetiga o‘qishga kirishdan maqsadi; avtobiografik ma’lumotlar; shaxsiy kasbiy tajriba va h.k.) yoziladi va 300-500 so‘zdan iborat bo‘ladi.

Markazda o‘qitish kunduzgi ta’lim shaklida, to‘lov-kontrakt asosida, ingliz tilida Vebster universiteti tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi. 

Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Vebster universitetining diplomi beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1-bino, 110-xonaga murojaat qilish mumkin. 

Telefon: (71) 239-28-33.

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikr bildiring

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.