ADU VA O‘zDJTU TARJIMONLARNI TAYYORLASH BO‘YICHA HAMKORLIK BITIMINI IMZOLADILAR

09.04.2019

Joriy yilning 9-aprel kuni Astraxan davlat universiteti (ADU) rektori vazifasini bajaruvchi Konstantin Markelov O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori G‘anisher Raximov bilan uchrashdi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 70 yillik tarixga ega bo‘lib, bugungi kunda qariyb 9 ming nafar talaba 20ga yaqin xorijiy tillarni jahon ta’lim standartlari asosida o‘rganmoqda. Har yili universitetda bakalavriatning 15 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha, magistraturaning 13 yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Uchrashuv davomida rektorlar qo‘shma dastur bo‘yicha hamkorlikda ingliz tili tarjimonlarini tayyorlash, shuningdek, ikki tomonlama diplom berish masalasini muhokama qildilar.

“Bu ikki yillik dastur bo‘lib, bir guruhda ta’lim oluvchilar soni maksimal – 10 kishini tashkil qiladi. Biz uchun hozirda eng muhim vazifa bu – eng yaxshi talabalarni tanlab olish, – deb ta’kidladi G‘.Raximov. – Quvonarlisi shundaki, 70-75% fanlar ikki oliy ta’lim muassasasida deyarli bir xil. O‘ylaymanki, bizning o‘qituvchilarimiz ADUga borib, sizning o‘qituvchilaringiz bo‘lsa, bizning O‘zbekistonga kelib bilim almashadilar. Shuningdek, onlayn ta’lim texnologiyasini ham yo‘lga qo‘yamiz.”

Konstantin Markelov G‘anisher Raximovning bu takliflarini qo‘llab-quvvatladi.

“Bizda ikki tomonlama diplom berish bo‘yicha yaxshi tajriba bor: bu kabi hamkorlik boshqa davlatlar bilan ham amalga oshirilmoqda. Bizda amaliyot jarayoni ham bo‘lib, unga ko‘ra talaba bir semestr o‘z yurtida ta’lim oladi, keyingi semestrda bo‘lsa, ADUga kelib o‘qishini davom ettiradi”, – deb aytdi K.Makelov.

Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalarini o‘qituvchilar bilan birgalikda Astraxan davlat universitetiga jo‘natish hamda shu orqali samarali ta’lim jarayonini tashkil qilish taklifi ham berildi.

O‘zDJTU rektori mazkur hamkorlik yuqori malakali tarjimon-o‘qituvchilarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishini hamda ta’lim Astraxan davlat universiteti dasturi bo‘yicha yo‘lga qo‘yilishi ham alohida ta’kidlab o‘tdi.

Muhokamalar yakunida ikki universitet rektorlari magistratura yo‘nalishida tarjimonlarni tayyorlash bo’yicha hamkorlik bitimini imzoladilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen + 4 =