ALISHER NAVOIY TAVALLUDIGA 582 YIL TO‘LDI

09.02.2023

ALISHER NAVOIY TAVALLUDIGA 582 YIL TO‘LDI (1441-1501)

Bugun hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutaffakiri va davlat arbobi 1441-yil 9-fevral kuni Hirot shahrida tavallud topgan.

Orazin yopqach koʻzimdin…

Orazin yopqach koʻzumdin sochilur har lahza yosh,
Oʻylakim paydo boʻlur yulduz, nihon boʻlgʻach quyosh.

Qut bir bodomu yerim goʻshan mehrob edi,
Gʻorati din etti nogah bir baloliq koʻzu qosh.

Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andogʻki aylar mehr fosh.

Boʻsa-e qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam ogʻzi ichra aytur laʼl ham bor navʼ tosh.

Novaking koʻnglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini koʻnglum bila jonim talosh.

Umri jovid istasang fard oʻlki, boʻston Xizridur,
Sarvkim daʼb ayladi ozodaliq birla maosh.

Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qoʻygusidir barcha bosh.

Kecha kelgumdur debon…

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.  

Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.  

Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.  

Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.  

Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay, deb o‘lturmang meni –
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi.  

Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,
Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi.  

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × 4 =