AMERIKA UNIVERSITETLARIDA TAHSIL OLISH UCHUN XALQARO TALABALARGA QO’YILADIGAN TALABLAR

14.02.2023

Amerika Qo’shma Shtatlarida oliy ta’lim keng qamrovdagi ta’lim yo’nalishlarini o’z ichiga oladi. Qanday sohada tahsil olishni niyat qilgan bo’lishingizga qaramay, Amerikada o’zingizga mos ta’lim muassasasini topishingiz shubhasizdir. Shu o’rinda xalqaro talaba sifatida AQSH universitetlariga qabul talablaridan xabardor bo’lishingiz va tayyorgarlik ko’rib borishingiz kerak.

Buning uchun, avvalo, ta’lim olmoqchi bo’lgan muassasani tanlashingiz, so’ng universitet qanday turdagi standardlashgan test tizimidan foydalanishi, o’qish narxlari va mavjud bo’lgan moliyaviy yordamlar to’g’risida ma’lumot to’plashingiz lozim.

Qabul talablari

Quyida Bay Atlantika universitetida xalqaro talabalardan so’raladigan hujjatlar keltirilganligiga qaramay, ushbu tartib Amerikadagi ko’plab universitetlarga ham mos keladi:

  • To’ldirilgan online ariza;
  • Transkript;
  • Bakalavr uchun: o’rta maktab transkriptining nusxasi;
  • Magistr uchun: bakalavr transkripti (asl nusxa yoki rasmiy notariusdan o’tgan nusxasi);
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • Tavsiyanoma (2 ta, o’qituvchi, murabbiy, rahbarlardan bo’lishi mumkin);
  • Insho;
  • Bank bayonoti (ta’lim uchun yetarli mablag’ga ega ekanlikni tasdiqlash uchun);
  • Ingliz tilini qay darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikat (m. ELTS, TOEFL, TOEIC, BAU Placement Test);
  • Ariza to’lovi.

Standardlashtirilgan testlar

Ona tili ingliz tili bo’lmagan barcha nomzodlar ingliz tilini bilish to’g’risidagi hujjat yuklashlari talab etiladi. Xalqaro talabalar odatda IELTS yoki TOEFL sertifikatlari bilan ishtirok etadilar. Bay Atlantika universitetida o’rta maktabni kamida 4 yilin inglzi tilida bitirgan nomzodlardan bunday sertifikatlar talab etilmaydi. Bakalavr uchun SAT hamda magistratura uchun GRE testlari ham qabul qilinadi. Universitetda o’qishni maqsad qilgan bo’lsangiz ushbu imtihonlarni bir yil avval topshirib qo’yish tavsiya etiladi. Universitetlarda qabul uchun minimal ballar miqdori belgilangan. Quyida ko’plab universitetlar uchun umumiy bo’lgan minimal ball ko’rsatkichlarini ko’rishimiz mumkin:

Test nomiBakalavrMagistratura
IELTS5.56.0
TOEFL7080
TOEFIC650700
DUOLINGO7590
BAU Placement Test7075

Ta’limni moliyalashtirish

Xalqaro talabalardan moliyaviy imkoniyatini tasdiqlovchi hujjatlar ham talab etiladi. Ba’zi universitetlar bu masalada bank hisobidan ma’lumot so’rasa, ba’zi universitetlarda buning o’ziga xos usullari mavjud. Umumiy olib qaraganda, Amerikada moliyalashtirishning ikki xil usuli mavjud: ehtiyojlar asosida moliyaviy yordam va grantlar.

Grantlar                             

Bugunga kelib yetarlicha vaqt sarflansa, grantlar topishning ko’pgina manbalari mavjud. Bundan tashqari, ko’plab universitetlar xalqaro talabalar uchun turli moliyaviy ko’maklar ham taklif qiladi. Har yili BAU xalqaro talabalar uchun turli grantlar taqdim qiladi. Bu grantlar faqatgina shartnoma to’lovlarini ta’minlaydi, turar joy yoki yashash xarajatlarini o’z ichiga olmaydi.

Moliyaviy yordam

AQSH hukumat xalqaro talabalarni uchun hech qanday grantlar yoki stipendiyalar bilan ta’minlamaydi. Xalqaro talabalar AQShdan federal yordam olish imkoniga ega emas, aksincha o’z mamlakatlaridan moliyaviy yordam olishlari mumkin.

Xalqaro talabalar federal kredit olish huquqiga ega bo’lmasalarda, ular uchun maxsus kreditlar mavjud. Ta’lim xarajatlarini qoplash uchun ko’pchilik ta’lim kredit olishingiz mumkin. Bunda ko’pincha AQSH fuqaroligini olgan kafil talab etiladi.

Talaba vizasini olish uchun ariza berish

Tanlangan universitetga qabul qilingach, keying qadam viza olishdir. Mutaxassisligingiz, o’qishni rejalashtirgan universitetingiz va muvofiqligingiz qanday viza olish kerakligini aniqlab beradi. Xalqaro talabalar o’rtasida keng tarqalgan viza turalari quyidagilar:

  • F1 talaba vizasi
  • J1 almashinuv vizasi
  • M1 akademik bo’lmagan talaba vizasi

Universitet akkreditatsiyasi

Amerika universitetlarini tanlashda muhim jihatlardan biri akkreditatsiyadir. Tegishli kasaba uyushmalari va ish beruvchilar siz tahsil olmoqchi bo’lgan universitet diplomini qabul qiladimi yoki yo’q yaxshilab tekshirib ko’rishingiz lozim.

Xulosa qilib aytganda, rejalashtirish va qanday hujjatlar tayyorlash kerakligini bilish, AQSH universitetlariga hujjat topshirish jarayonini osonlashtiradi. Arizangizni topshirishdan oldin har biz ariza uchun yetarli mablag’, amaldagi passport va dasturga muvofiq test ballari mavjudligiga yana bir bor ishonch hosil qiling, omad!

Abduraimova Aziza
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Media va kommunikatsiya fakulteti 3-bosqich talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

9 − seven =