AN’ANAVIY “YEVROPA TILLARI KUNI” TASHKIL ETILDI

25.09.2021

2021-yil 24-sentabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida  an’anaviy “Yevropa tillari kuni” tashkil etildi.

Tadbirda Shvetsariyaning O’zbekiston Respublikasidagi elchisi Konstantin Obolensky, Gruziya elchisi Alexander Kipiani, Germaniya Federativ Respublikasi elchisining yordamchisi A. Volken, mamlakatimizdagi Evropa Ittifoqi delegatsiyasi elchisi Sharlotte Adrian xonim va Fransiya elchixonasining Madaniyat va hamkorlik bo’yicha maslahatchisi Laurent Oriol va boshqalar ishtirok etdilar. Tadbirni O’ZDJTU rektori Ulugbek Azizov  kirish so’zi bilan ochib berdi.

Elchixonalar tomonidan mamlakatlar madaniyati va tarixiga oid ko’rgazma va plakatlarni o’z ichiga olgan stendlar tashkil etildi, tadbir ishtirokchilariga universitetlarda turli yo’nalishlar bo’yicha tahsil olish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir doirasida Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan fransuz tili bo’yicha o’tkazilgan tanlov g’oliblari munosib taqdirlandi. Shu bilan birga, fakultetlar talabalari tomonidan tayyorlangan chet tillaridagi musiqiy dastur namoyish etildi.

Jumladan, fransuz tilida ijro etilgan monolog, «Kicac» musiqasiga ispancha raqs, «Kalinka» musiqasiga ruscha raqs, italayan va rus tillarida Dantes qalamaga masub she’rlardan parchalar, ingliz tilida «Hymn for the Weekend» ashulasi va bosh. talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × four =