AQSHDA AMALIYOT O’TASH UCHUN STAJIROVKA DASTURI

10.09.2019

2020-yilning aprel oyida AQShning notijorat tashkiloti Atlas Corpsning stajirovka dasturi boshlanadi.

Atlas Corps – 12 oy davomida professional amaliyot dasturida ishtirok etish uchun stipendiya beruvchi notijorat tashkilot.

Dastur ishtirokchilari ish tajribasiga mos keladigan nodavlat tashkilotlarida malaka oshiradilar.

Dastur sug’urta, Atlas Corps tomonidan taqdim etiladigan treninglar, aviachipta, viza narxini o’z ichiga oladi. Shuningdek, ishtirokchilarga oylik stipendiya ham to’lanadi.

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

  • 22-35 yoshda bo’lishi;
  • Nodavlat va ijtimoiy muassasalarda yoki notijorat sektorga tegishli sohada 2 yil yoki undan ortiq ish tajribasiga ega bo’lishi;
  • Bakalavr yoki mutaxassis darajasi;
  • Ingliz tilini mukammal bilish.

Hujjatlar topshirishning so’nggi muddati: 3-noyabr 2019-yil

Dastur haqida batafsil ma’lumot olish uchun: https://atlascorps.org/apply-united-states/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 + two =