AQSHLIK MUTAXASSIS JADSON RAYT O‘Z FAOLIYATINI O‘zDJTUDA DAVOM ETTIRADI

13.09.2021

2021-yil 10-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQSh Davlat departamenti granti asosida dars berish uchun yuborilgan ingliz tili mutaxassisi Jadson Rayt bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Rektor U.Azizov universitet faoliyati hamda AQShlik mutaxassislar ishtirokida ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, Jadson Rayt kelgusidagi rejalari, universitetda ingliz tilini rivojlantirish borasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan masalalar haqida o‘z fikrini bildirdi.

Ma’lumot uchun: Jadson Rayt ko‘p yillar davomida AQSh ta’lim muassasalarida ingliz tilidan mashg‘ulotlar olib borgan, Oxford University Press va boshqa shu kabi taniqli nashriyotlarda faoliyat olib borgan, so‘nggi yil davomida Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilidan dars bergan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

ten + seven =