AQSHLIK TALABALAR UCHUN NAVBATDAGI «O’ZBEK TILI VA MADANIYATI» KURSI BOSHLANDI

11.05.2023

Samarqand davlat chet tillar institutida xorijlik talabalar uchun navbatdagi «O’zbek tili va madaniyati» maxsus kursining faoliyati boshlandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlikda «O’zbek tili va madaniyati» maxsus kurslari va yozgi maktablar faoliyati muntazam tashkil etilib kelmoqda.

Jumladan, 10-may kuni AQShning Indiana universiteti (Indiana University Bloomington)ning 8 nafar talabalari uchun 10 kunlik maxsus o’quv kursi boshlandi.

Maxsus kurs doirasida, xorijlik talabalarga institut o’qituvchilari tomonidan nafaqat o’zbek tili darslari, balki o’zbek milliy madaniyati, urf-odatlar, O’zbekiston tarixi va geografiyasi kabi mavzularda ma’ruzalar o’tiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 − 16 =