AVSTRIYANING ELCHISI O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI

26.10.2024

Kuni kecha Avstriyaning O‘zbekiston uchun mas’ul  favqulodda va muxtor elchisi (rezidensiyasi Vena shahrida joylashgan) Mattias Radostich O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

Muloqot chog‘ida rektor I. Tuxtasinov  universitet faoliyati, nemis tilini o‘qitish holati hamda Avstriya oliy ta’lim muassasalari bilan amalga oshirilgan hamkorlik haqida batafsil ma’lumot berib, mazkur davlat OTMlari bilan aloqalarni tiklash, Avstriyaning OAD tashkilotidan mutaxassislarni O‘zDJTUga yuborish, Vena universiteti talabalarini amaliyot o‘tash uchun universitetimizga yuborish, ARM va Avstriya kutubxonasini darslik va o‘quv adabiyotlari bilan boyitish, hammualliflikda o‘quv qo‘llanmalari yaratish, Avstriya yozuvchi va shoirlari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish, birgalikda xalqaro konferensiya, simpozium va treninglar tashkil qilish masalalarida elchi sifatida ko‘maklashishini so‘radi.

Elchi janoblari barcha takliflar bo‘yicha imkon qadar yordam berishga tayyorligi, shuningdek Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida nemis tili o‘qituvchilari uchun 2025-yilda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslariga O‘zDJTU vakillariniyam jalb etish hamda Avstriya OTMlari bilan hamkorlik qilishda ko‘maklashishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shu kuni Mattias Radostich O‘zDJTU infratuzilmasi bilan tanishdi hamda universitetda amalga oshirilgan ishlar, talaba va o‘qituvchilar uchun munosib sharoitlar yaratib berilganligini e’tirof etdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × five =