BEPUL ONLAYN-TRENING: «MULTIMEDIALI STORITELLING»

18.05.2021

Internews Network xalqaro nohukumat tashkiloti «Multimediali storitelling» bepul onlayn-treningiga taklif etadi.

Trening sanasi —31-may-2-iyul, 2021-yil.

O‘quv dasturi 5 haftaga mo‘ljallangan, har hafta Zoom platformasida har biri ikki soatdan uchta vebinar bo‘lib o‘tadi (vebinarlar jadvali haqida keyinroq xabar qilinadi).

Trening onlayn-OAV larining jurnalistlari, muharrirlari uchun tashkil etilmoqda.

Treningda quyidagi masalalarda tajriba oshirasiz:

  • voqeani zamonaviy interfaol instrumentlar va formatlar yordamida hikoya qilib berish;
  • multimedia «pazli» uchun «detallar»ni qanday to‘g‘ri joylashtirish;
  • o‘quvchi qiziqishini oxirigacha saqlab turish uchun voqea dramaturgiyasini qanday tuzish.

Onlayn-treningda ko‘rib chiqiladigan va ishlanadigan mavzular:

  • Multimedia loyihasini rejalashtirish
  • Infografika: asosiy formatlar va onlayn-instrumentlar
  • Vizual storytelling
  • Multimedia loyihasi uchun foto va videokontent
  • Kontentni geymifikatsiya qilish: o‘quvchini qanday qilib qiziqtirish va diqqatini saqlab turish
  • Multimedia loyihasini shakllantirish va montaj qilish.

Treningda qatnashishning muhim va majburiy sharti!

O‘quv jarayonida trening qatnashchilari uy vazifalarini bajarishlari, shuningdek, media-trener yordamida multimedia storitelling formatida ijtimoiy ahamiyatga molik mavzuda kamida bitta loyiha yaratishlari va uni o‘qish tugagandan keyin bir oydan kechiktirmay, O‘zbekiston OAVda e’lon qilishlari lozim. Bu shartni bajarish natijalariga ko‘ra trening qatnashchilari multimedia loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan stipendial dasturda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Barcha ishtirokchilar vazifani bajarish uchun internetga barqaror ulangan shaxsiy kompyuterga ega bo‘lishlari lozim.

Trening tili — rus/o‘zbek (sinxron tarjima).

Trener — Yuriy Zvyaginsev: tajribali muharrir, noshir, rossiyalik media-trener.

Ariza topshirish muddati — 2021-yil 25-may, Toshkent vaqti bilan 23:00 ga qadar.

Batafsil ma’lumot uchun: https://newreporter.org/uz/2021/05/14/ozbekiston-onlajn-oav-professional-zhurnalistlari-va-muharrirlari-uchun-multimediyali-storitelling-onlajn-treningi/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four − 2 =