BEPUL ONLAYN-TRENING: «YOUTUBE JURNALISTIKASI ASOSLARI»

07.10.2021

Internews xalqaro nohukumat tashkiloti 2021-yil 20-oktabr – 1-noyabr kunlari o‘zbekistonlik onlayn-OAV jurnalistlari va blogerlar uchun «YouTube jurnalistikasi asoslari» bepul onlayn-treningini tashkil qiladi.

YouTube – o‘z auditoriyasi, janrlari, moliyaviy jihati, algoritm va interfaolligiga ega ulkan ekotizim. Videoxosting allaqachon mustaqil jurnalistik maydonga aylanib ulgurgan va bu platforma bilan ishlash professional yondashuvni talab qiladi. Auditoriyaning qiziqishi kundan kunga ortib borayotgani, yuqori sifatli kontentga bo‘lgan ehtiyoj, axborotni taqdim etishda mualliflik uslubining yo‘qligi va ijtimoiy voqealarni yoritish zaruriyati – bularning barchasi O‘zbekistonda YouTube jurnalistikasiga talab tobora ortib borishiga yordam beradi.

Onlayn-trening davomida ko‘rib chiqiladigan va ishlab chiqiladigan mavzular:

• Videokontentning janrlari va formatlari (reportajlar, tok-shoular, intervyular, foydalanuvchilar tomonidan tuzilgan kontent)
• Kanal konsepsiyasini ishlab chiqish
• Mualliflik huquqi
• Kanal strategiyasi
• Videolarni optimallashtirish va reklama qilish
• Monetizatsiya

E’tibor bering, trening dasturida videos’yomka bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘q, faqat YouTube videoxosting bilan ishlash asoslari o‘rin olgan.

Trening nafaqat nazariy materialni taqdim etishni, balki ishtirokchilar tomonidan amaliy topshiriqlarni bajarishni, shuningdek, vebinarlar o‘rtasida murabbiydan fikr-mulohazalarni olishni o‘z ichiga oladi. Samarali o‘qitish uchun sizga shaxsiy kompyuter kerak.

Vebinar jadvali:

2021-yilning 20-, 22-, 25-, 27-, 29-oktabr va 1-noyabr kunlari.
Vebinarning aniq vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Mashg‘ulot tili: ruscha/o‘zbekcha (sinxron tarjima)

Trener: Sungat Utebulatov – Markaziy Osiyoda YouTubening rasmiy hamkori. Qozog‘istonda YouTube-bloging Akademiyasi asoschisi.

Hujjatlar 14-oktabr soat (Toshkent vaqti bilan) 23:00 gacha qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun onlayn shaklni to‘ldiring.

Barcha savollar bilan ekhmelevskaya@internews.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × 5 =