BIZNES INGLIZ TILI BEPUL KURSLARI

29.07.2020

Vashington universiteti Coursera platformasi bilan hamkorlikda biznes ingliz tili kurslarini tashkil qilmoqda. Kursda ishtirok etish bepul.

Vashington universiteti kasbga oid jabhalarda ingliz tilida samarali gaplashishni o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu kurslar yordamida siz o‘zingizning so‘z boyligingizni oshirasiz, ijtimoiy sohada ham, kasb bo‘yicha ham ingliz tilida yozish va muloqot qilish qobiliyatingizni yaxshilaysiz, shuningdek ish muzokaralari, telefon suhbatlari, yozma hisobotlar va elektron maktublar yozish, kasbiy namoyishlarga tayyorlanishdagi iboralar va ko‘nikmalarni o‘zlashtirasiz.

Ta’lim yuqori malakali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

Saytda ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.

Batafsil: https://www.coursera.org/specializations/business-english#courses

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

пять × два =