BOLALARGA TIL O`RGATISH METODIKASI

02.03.2022

Hozirgi kunda til o`rganishga bo`lgan talab yanada oshmoqda. Zamon talabidan kelib chiqib til o`rganishda o`quvchining yoshi ahamiyatga ega emas.

“Dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning ruhini «top-toza paxtaga» o’xshatadi. Uning fikricha, bolaning «top-toza paxta» tarzidagi ruhiga nimalarni yozish mutlaqo katta odamlar ixtiyorlaridadir. Shuning uchun bolaning qanday odam bo’lib yetishishi, ya’ni unda qanday shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi bola hayotdan oladigan tajribaga, o’zgalar bilan muloqot jarayonida oladigan hayotiy tushuncha va tasavvurlariga bog’liqdir’’, deb ta’kidlaydi Angaliyalik olim Djon Lokk.

Chet tilini o`qitish, O`rta maxsus va Oliy ta`lim dargohlarida, balki maktabgacha ta`lim muassasalarida ham ta`limning majburiy qismiga aylandi. 

Hammamiz farzandimizni bilimli va zamonaviy inson qilib tarbiyalashni xohlaymiz. Yanikim o`zimiz amalga oshirolmagan ishlarni bolalarimizda ko`rishni istaymiz. Bolalarning xotirasi katta yoshdagi insonlarnikidan ancha yaxshi va mustahkamroq. Bolani yoshlik chog`idan boshlab chet tiliga bo`lgan qiziqishini oshirish, xato bo`lsada shu tilda gapirishga harakat qildirish kerak.

Bolalar 3 yoshdan boshlab til o`rganishsa, ular uchun bu ancha qulay vaqtdir: bu yoshdagi bolalar xotira va nutq jihatidan ajralib turadi. Bolaning yoshi qancha kichik bo`lsa, uning so`z boyligi kam hamda talaffuzga bo`lgan ehtiyoj katta bo`ladi.

Bolalarga til o`rgatishning har-xil metodikalari mavjud. Misol qilib aytganda, agarda oddiy kundalik sharoitimizda ko`chada, o`qishda yoki uyda chet tilida muloqot qilsak, bola uchun yaxshi najita beradi deb o`ylaymiz ammo bu ko`proq katta yoshdagi bolalar uchun ancha samarali. Chunki ko`p holatlarda bola bunday vaziyatda bu tilni o`rganishga bo`lgan qiziqishi so`nishi mumkin.

Bilamizki kichik yoshdagi bolalar ko`proq o`yin mashg`ulotlariga qiziqishadi shuning uchun chet tilini o`qitishning eng yaxshi usullaridan biri bu o`yin. O`rgatilayotgan mavzu o`yin tarzida tushuntirilsa yoki takrorlantirilsa bu bola xotirasida qolishiga ancha yordam beradi.

Maktabgacha yoshidagi bolalar til ko’nikmalarini rivojlantirish bosqichlari:

  • Ta`limni boshlashdan oldin siz ham farzandingiz kabi bu tilga qiziqish
  • Til o`rgatish uchun yaxshi kitob topish
  • Farzandingiz o`rganayotgan tilga aloqador ertak yoki multfilm tomosha qildirish va manosini tushuntirib berish.
  • Bolalar tez charchashadi shuning unchun mashg`ulot jarayoni 30- 40 minutdan oshmasligi
  • Dars jarayonida o`yin metodikasidan foydalanish
  • Mashg`ulot davomida bolani to`g`ri javobi uchun rag`batlantirib borish
  • Mavzuni iloji boricha tik turib emas gilamda bolalar bilan birga o`tirib tushuntirish.

Ish tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, til o`rgatish jarayonida bolalarga oddiy qilib “bu inglizchada (ruschada) bunaqa bo`ladi takrorlang yoki bu inglizchada (ruschada) nima degani javob berginchi” kabilar bolani zeriktirib qo`yadi. Agarda shu metodika o`yin bilan bog`lansa bola uchun ancha qiziqarli bo`ladi. Shu bilan birgalikda ularning faollik darajasi ham o`sib boradi. Ko`p kichik yoshdagi bolalar ustozidan qo`rqqani uchun o`qitilgan narsani o`rganishadi. Bola ustozidan qo`rqishi emas uni hurmat qilishi yaxshi ko`rishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan faqatgina tajribali mutaxasisslar ishlashi kerak.

Hilola Jumaniyazova,
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

sixteen + 16 =