BRITANIYA MENEJMENT UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANADI

16.02.2022

Samarqand davlat chet tillar institutida ta’lim sifatini yanada yaxshilash, professor-o’qituvchilar va talabalarning tajribasini oshirish, ularning xorij tajribasini egallashi uchun dunyoning eng kuchli top mingtalikka kiruvchi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga stajirovkalarini tashkil etish, xalqaro hamkorlik aloqalarini bundanda kengaytirish, ta’lim muassasasining xalqaro maydondagi o’rnini yuqoriga ko’tarish borasida Samarqand davlat chet tillar institutida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

15-fevral kuni Britaniya Menejment Universiteti rektori Konrad Ozog hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinovlar o’rtasida onlayn tarzda hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida tomonlar o’rtasida kelgusida o’zaro hamkorlik Memorandumini imzolash borasida fikr-mulohazalar almashinildi.

Shuningdek, 2022-yilning 24-fevral kunida Toshkentdagi Britaniya Menejment Universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasida Memorandum Samarqand davlat chet tillar institutida imzolanishi rejalashtirildi. Jumladan, shu kuni Britaniya Menejment Universiteti professor-o’qituvchilari tomonidan Samarqand davlat chet tillar institutida seminar va taqdimot ham o’tkaziladi.