BUXORODA “VISIT UZBEKISTAN MUSIC” MADANIY LOYIHASI O’Z ISHINI BOSHLADI

18.01.2022

Buxoro viloyatida “Visit Uzbekistan Music” keng ko‘lamli videoloyihasi ishga tushirildi. Loyiha anʼanaviy va zamonaviy madaniyatni targʻib qilish hamda zamonaviy oʻzbek madaniyati namoyondalari ijodi orqali Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini xorijda targ’ib etishga qaratilgan. Loyiha doirasida yil davomida mamlakatimizning barcha hududlarida suratga olish ishlari rejalashtirilgan. Ilk suratga olish ishlari Buxoro hududida amalga oshirildi.

COVID-19 pandemiyasidan soʻng butun dunyo boʻylab tarixiy joylarda musiqiy videolar suratga olishda oʻsish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Misol tariqasida, Britaniyaning “Coldplay” guruhi Iordaniyaning tarixiy poytaxti manzaralari aks ettirilgan videokontsertni yozib oldi, Andrea Bocelli Milandagi “Duomo”da kontsert berdi, bastakor Lyudoviko Eynaudi Shimoliy Muz okeanidagi muzlikda musiqa ijro etdi. 

O‘zbekistonda bu yo‘nalishni, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toir Asqar va “Safo” guruhi boshlab berdi. 

Kliplarni suratga olish ishlari va jonli ijrodagi konserti Dinara&Co media kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyati hokimligi hamda Turizm va sport bosh boshqarmasi ko‘magida tashkil etildi. Suratga olish ishlari tajribali rejissyor Iste’dod Usmonov rahbarligida bo‘lib o‘tdi hamda u O‘zbekiston madaniy merosi obidalaridan Buxoro amirining “Sitorai moxi Xosa” yozgi saroyi, eski shahar va Kogon saroyini tanladi.

Batafsil ma’lumot.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × two =