BUYUK BRITANIYA VA O‘ZBEKISTON O‘RTASIDA INGLIZ TILINI BAHOLASHGA BAG‘ISHLANGAN ANJUMAN BO’LIB O’TDI

11.03.2023

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O’zbekistondagi Britaniya Kengashi, Buyuk Britaniyaning madaniy aloqalar va ta’lim imkoniyatlari bo‘yicha xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda ingliz tilini baholashga bag‘ishlangan yirik anjuman tashkil etildi. Tadbirga O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mezbonlik qildi.

Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da “Yangi yo‘nalishlar” turkumidagi konferensiya tilni baholash O’zbekistondagi maktab va oliy o‘quv yurtlarining sifatini va ta’lim islohotlarini qanday rag‘batlantirishi va shakllantirishi mumkinligini muhokama qiladigan maydonga aylandi.

Ushbu konferensiyada 250 nafar ekspertlar, jumladan, davlat idoralari vakillari, baholovchilar, ta’lim yetakchilari va tadqiqotchilar ishtirok etdi. Anjumanda O‘zbekistonda va xalqaro miqyosda ingliz tilini baholash, tendensiyalari, yondashuvlar nuqtai nazari va tushunchalari taqdim etildi.

Axborot konferensiyasi xalqaro va mahalliy ishtirokchilarga o‘zaro hamkorlik ,ma’lumot almashish va ushbu sohadagi yetakchi o‘zgarishlar va ularning O‘zbekiston uchun dolzarbligi haqida ma’lumot olish uchun imkoniyat yaratdi.

Denis Voddingem, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori:

-“Ingliz tilini baholashda yangi yoʻnalishlar”, shuningdek, “Til ta’limi islohotiga kompleks yondashuv”, “Potentsialni ro‘yobga chiqarish: siyosat, o‘zaro ta’sir va ta’sir”, “21-asrda ish, o‘qish va shaxsiy ehtiyojlar uchun ingliz tili” va “Ingliz tilini amaliyot va sifatni baholash mahsulotlari orqali o‘qitish sifatini ta’minlash”. kabi to‘rtta kichik mavzular ostida o‘tkazilgan konferensiya Britaniya tilini sinovdan oʻtkazish va baholash kengashining flagmani hisoblanadi. Biz ta’lim tizimlarida ingliz tilini baholash sohasidagi ilg‘or ishlanmalar va tajriba almashish uchun noyob platforma yaratishni oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz.”

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

14 + three =