CHET TILIDAN YOZISH VA GAPIRISH KO‘NIKMALARINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSI

04.12.2023

“Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 13-20-dekabr kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. 
 
Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi. 

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
 
Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 11-dekabr kuniga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.