CHET TILLARI BO’YICHA FAN OLIMPIADASI BOSHLANDI

26.09.2024

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab tillari bo‘yicha fan olimpiadasi boshlandi.

Olimpiada ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etib, barcha ishtirokchilarni respublika bosqichiga yetib kelganliklari bilan tabrikladi.

– Mazkur olimpiada respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning xorijiy tillar bo‘yicha bilim va qobiliyatlarini namoyon etish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib taqdirlash imkonini berishiga ishonaman, – dedi vazir o‘z nutqida.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov so‘zga chiqib, olimpiadaning ahamiyati va uni o‘tkazish uchun amalga oshirilgan  tayyorgarliklar haqida ma’lumot berib o‘tdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Shuningdek, tadbirda akademik olimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Ochilish marosimi nihoyalangach, ishtirokchilar birinchi shart bellashuvlariga yo‘l olishdi. Bu yilgi tanlovda 100 nafarga yaqin talaba 9 ta xorijiy til bo‘yicha fan olimpiadasida o‘z bilimini sinamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda mehmonlar bilan birgalikda O‘zDJTUda yaqinda faoliyatini boshlagan yangi obyektlarni koʻzdan kechirdi. Jumladan, “University Mall” savdo markazida boʻlib, universitet logotipi tushirilgan mahsulotlar bilan tanishdi. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida tashkil etilgan “Kulolman” kulolchilik markazi faoliyatini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, mas’ullar universitetdagi eng zamonaviy uskunalarga ega boʻlgan “Edusmart” studiyasi hamda OʻzDJTUning 75 yilligi munosabati bilan faoliyati yoʻlga qoʻyilgan muzeyda boʻlib, ular faoliyati bilan tanishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

sixteen − 15 =