CHET TILLARNI O‘QITISH VA AMALIY TILSHUNOSLIK BO‘YICHA X XALQARO ILMIY EKSPERTLAR KONFERENSIYASI

18.12.2020

«Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti (SUIT), Pekin Xalqaro tadqiqotlar universiteti va Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi «Research Support Centre» bilan hamkorlikda 2020-yil 21-22-dekabr kunlari Chet tillarni o‘qitish va amaliy tilshunoslik bo‘yicha X xalqaro ilmiy ekspertlar konferensiyasini o‘tkazadi. Konferensiya «Ko‘p tilli shaxsning ijodiy salohiyati: chet tilini o‘rganish jarayoniga ko‘p tillilik omilining ta’siri to‘g‘risida» mavzusida bo’lib o’tadi.

2020-yilning 20-dekabrigacha bo‘lgan muddatda ma’ruzalar tezislarini o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida konferensiyaning rasmiy veb-sayti http://e-science.uz/silk_road_uz  orqali yuborish lozim.

Konferensiya to‘plamida nashr etilgan ilmiy tezislar GOOGLE SCHOLAR xalqaro bazasida indeksatsiyalanadi, har biriga alohida DOI raqam beriladi.

BATAFSIL: http://e-science.uz/silk_road_uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × 5 =