COURSERA PLATFORMASIDAGI KURSLARDAN BEPUL FOYDALANISH IMKONIYATI YARATILDI

25.08.2020

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Coursera platformasida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlarining 430 ta yo‘nalishlar bo‘yicha 3 800 turdagi o‘quv kurslarida oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi 150 000 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalr uchun bepul ta’lim olish imkoniyati yaratildi.

Aksariyat kurslar va mutaxassisliklarda ta’lim olish odatda obuna asosida oyiga 39-79 AQSh dollarini tashkil etadi. Onlayn kurslar ingliz yoki rus tillarida olib boriladi.

Hozirgi kunda 46 ta OTMni so‘roviga asosan Coursera platformasida OTM profillari ochildi.

Havola orqali professor-o‘qituvchilar va talabalar ushbu platformadan joriy yilning 31-sentyabriga qadar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin hamda 31-dekabrga qadar kurslardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud.

Mazkur kurslarda ta’lim olish uchun tinglovchilardan ingliz tili yoki rus tilini bilish darajasi kamida B1 bo‘lishi talab etiladi. Ushbu havolalar orqali OTMlarning professor-o‘qituvchilari va talabalari ro‘yxatdan o‘tib kurslardan bepul foydalanishlari mumkin: https://coursera.org/programs/silk-road-international-university-of-tourism-wbx95

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 + fifteen =