DOHA SHAHRIDA OLIY TA’LIM VAZIRLARI UCHRASHDI

11.09.2024

Kuni kecha Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qatar davlatining taʼlim va oliy taʼlim vaziri Butayna bint Ali Al-Nuaymi xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, shuningdek, o‘zbek tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Mahkamov va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori S.Siddiqova ham ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomonidan qator muhim tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, ikki davlatning oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida sunʼiy intellekt, axborot texnologiyalari, yashil iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, oziq-ovqat xavfsizligi hamda neft-gaz sanoati sohalarida yaqindan hamkorlik qilish taklif etildi.

Shu kuni O’zbekiston delegatsiyasi Qatarning Doha shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Taʼlimni himoya qilish kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan beshinchi tashkilot tadbirida ishtirok etdi.

Ushbu tadbir global miqyosda taʼlimni himoya qilishga qaratilgan muhim xalqaro platformadir va har yili taʼlim tizimini muhofaza qilish, uning barqarorligini taʼminlash va nizoli hududlarda taʼlim olish huquqini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlanadi.

BMTning “Taʼlimni himoya qilish kuni” tadbiri nafaqat xalqaro hamjamiyatni taʼlim sohasidagi jiddiy muammolarga eʼtibor qaratishga chaqirish, balki tajriba va g‘oyalar asosida kelajak avlodlar uchun xavfsiz va barqaror taʼlim muhitini yaratish imkonini beradi.

https://gov.uz/edu

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

10 − 3 =