“EL-YURT UMIDI” JAMG‘ARMASI 3-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVLARINI E’LON QILDI

26.07.2021

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2021-yil 20-iyuldan boshlab xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida ta’lim olish uchun 272 o‘ringa mo‘ljallangan 3-ochiq stipendiya tanlovlarini e’lon qiladi!

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2021-2022 o‘quv yili uchun nufuzli xorijiy davlatlarda:

– bakalavriat ta’lim dasturi uchun 69 o‘rin,

– magistratura ta’lim dasturi uchun 112 o‘rin,

– doktorantura ta’lim dasturi uchun 91 o‘rin, jami 272 o‘rin stipendiyalar ajratishini ma’lum qiladi.

Nomzodlarning hujjatlari 2021-yil 20-iyuldan – 20-avgustga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Saralash bosqichlari 2021-yil 20-avgustdan – 20-sentabrga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot uchun: http://eyuf.uz/site/view?id=470

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen − two =