“EL-YURT UMIDI” JAMG‘ARMASI TOMONIDAN STIPENDIYA TANLOVLARI E’LON QILINDI

18.01.2021

“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 300 o‘ringa mo‘ljallangan (magistratura, doktorantura, stajirovka va malaka oshirish dasturlari bo‘yicha) matematika, kimyo, biologiya va geologiya fanlari yo‘nalishlari bo‘yicha stipendiya tanlovlari e’lon qilindi.

Nomzodlarning hujjatlari 2021-yil 20-yanvardan 20-fevralga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Saralash bosqichlari 2021-yil 20-fevraldan 20-martga qadar davom etadi.

AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning eng nufuzli ta’lim va tadqiqot, innovatsiya va amaliyot maskanlarida ta’lim olish va stajirovka o‘tash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five − 3 =