«EL-YURT UMIDI» JAMG’ARMASINING 11TA STIPENDIANTI AQSHNING ARIZONA DAVLAT UNIVERSITETIDA BEPUL O’QISH VA YASHASH IMKONIYATINI QO’LGA KIRITDI

07.07.2021

2021 yil 6 iyul kuni «El-yurt umidi jamg’armasi» ijrochi direktorining birinchi o’rinbosari Odiljon Sattarov, O’zdjtu xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Alisher Abidjanov va AQShning Arizona davlat universiteti «Global Graduate and Eurasia Partnerships» markaz direktori Tolga Turker bilan onlaym muloqot o’tkazdi.

Uchrashuv davomida, Jamg’armaning 2021 yilgi tanlovlarida Arizona davlat universitetida ta’lim olishni rejalashtirgan stipendiatlarning o’qish jarayonlari, tashkiliy masalalar hamda ilm olish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar to’g’risida muhokama qilishdi.

Arizona davlat universitet va Jamg’arma o’rtasida o’zaro hamkorlik to’g’risida kelishib olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

два × 3 =