ERONNING ALLOMA TABOTABOIY UNIVERSITETIDA O‘ZBEK TILI DARSLARI YO‘LGA QO‘YILMOQDA

15.10.2021

21-oktabr – yurtimizda O‘zbek tili bayrami sifatida keng nishonlanadi. Xorijda ham ona tilimiz o‘rganilishini ommalashtirish va targ‘ib qilish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonidan 28-oktabrdan Eron Islom Respublikasining yetakchi universitetlaridan biri Alloma Tabotaboiy universitetida o‘zbek tili kurslari onlayn tarzda yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur kurs ilk bor ushbu universitetda “Turk tili va adabiyoti” kafedrasi talabalari uchun o‘qitilishi mo‘ljallangan.

Darslarni TDShU “Eron-afg‘on filologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Hulkar Mirzahmedova va Mirzajon Qalandarovlar olib boradi. O‘quv kursi leksik, grammatik va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan materiallarni o‘z ichiga olib, ular O‘zbekiston tarixi, madaniyati va zamonaviy hayotini aks ettiruvchi matnlardan iborat bo‘ladi.

Manba

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × four =