ETS GLOBAL TA’LIM TESTLARI XIZMATI TASHKILOTI VAKILLARI O‘zDJTUGA KELDI

21.06.2019

Bugun, 21-iyun kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida ETS global ta’lim testlari xizmati tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Mehmonlar Lina Levit (Direktor, Xalqaro hukumatlararo va tashqi aloqalar), Anna Gutkovska Zajak (hududiy bosh menejer), Jon Braun (AQSh elchixonasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i)  O’zDJTUda tashkil qilingan Vebster universiteti magistratura dasturi bilan hamda RIAIM faoliyati, xususan, test guruhi faoliyati bilan tanishtirildi.

Shundan so’ng ETS global ta’lim testlari xizmati tashkiloti vakillari O’zDJTU rektori G‘.Raximov boshchiligidagi universitet vakillari bilan rasmiy uchrashuvda bo’ldilar.

Suhbat davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • O‘zDJTUda Test markazini tashkil qilishga qo‘yiladigan talablar; 
  • TOEFL va TOEIC testlarini ishlab chiqish va testlarni o‘tkazish;
  • Mahalliy testologlarni tayyorlash: treninglar, master-klasslar. 

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × two =