FACEBOOK O‘Z NOMINI “META”GA O‘ZGARTIRADI

29.10.2021

Facebook o‘z nomini Meta ga o‘zgartiradi va odamlar jamoalar yaratishi va biznesni rivojlantirishi mumkin bo‘lgan «metaolam» quradi.

Facebook asoschisi Mark Sukerberg kompaniya nomini Meta ga o‘zgartirganini va odamlar muloqot qilishi, jamoalar yaratishi va biznesni rivojlantirishi mumkin bo‘lgan «metaolam» qurish haqidagi rejalarini e’lon qildi.

— Metaolamning o‘ziga xos xususiyati borlik hissi bo‘ladi — go‘yo siz boshqa odamning yonida yoki boshqa joyda bo‘lgandek. O‘zini boshqa odamga yaqin his qilish ijtimoiy texnologiyalarning asosiy orzusidir, — dedi Mark Sukerberg.

Uning ta’kidlashicha, «metaolam» odamlar hatto birga bo‘la olmasa ham, boshqalar bilan yorqin taassurotlarni baham ko‘rishga va jismoniy dunyoda qila olmagan narsalarni birgalikda bajarishga imkon beradi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four + 16 =