FLEDU.UZ JAMOASI YANGI LOYIHALAR USTIDA ISH BOSHLADI

05.09.2019

FLEDU.UZ jamoasi amara.org portalida TED Teamga a’zo bo’lib, TED resurslari bo’yicha Contributor (hamkor) statusiga ega bo’ldi. Hozirda “Uzbek Language Coordinator” statusini olish uchun TED.com bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Yaqin bir oy ichida TED resurslarini tarjima qilish bo’yicha xorijiy tillarni puxta egallagan yoshlardan iborat guruh (Uzbek Team) shakllantiriladi.

Bugungi kungacha FLEDU.UZ portali mutaxassislari tomonidan 15dan ortiq videolar tarjima qilindi. Tarjima qilingan videolar hajmi 100 daqiqadan oshib, ularning barchasi FLEDU.UZ portalida joylashtirildi.

Quyidagi havola orqali portalimizdagi mazkur videolar bilan tanishishingiz mumkin: https://fledu.uz/uz/category/media/ted-resurslari/

Bu harakatlar zamirida o’zbek tilidagi internet resurslari kontentini boyitish va o’zbek tilida muloqot qiluvchi foydalanuvchilar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, bu jarayonlarga esa aynan yoshlarning ishtirokini ta’minlash, «self-development» uchun sharoit yaratish maqsadi turadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty − 8 =