FRANSIYA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASHDA O‘ZBEKISTON BILAN HAMKORLIK QILISH TASHABBUSI BILAN CHIQMOQDA

17.07.2019

Shu kunlarda Parij akademiyasi, Parij xalqaro moda akademiyasi, Parij pedagogika oliy maktabi va Fransiyaning yana bir qator nufuzli universitet va maktablari vakillaridan iborat delegatsiya yurtimizda bo‘lib turibdi. Tashrif tashabbuskori Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bo‘lib, Fransiya tomoni ham oliy ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarining yanada rivojlanishi tarafdori ekanligini bildirmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4037-son qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasida Toshkent shahrida O‘zbek-Fransuz ta’limi forumini tashkil etish belgilangan.

Fransiya delegatsiyasi 16 iyul kuni Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi va O‘zbek-Fransuz ta’lim forumini o‘tkazish bo‘yicha Qo‘shma komissiyaning ishchi uchrashuvining plenar yig‘ilishida qatnashdilar. Samarqand shahrining tarixiy-arxitektura yodgorliklari va diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.

Manba: edu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen + 9 =