FRANSIYANING O’ZBEKISTONDAGI ELCHIXONASI MADANIYAT VA HAMKORLIK BO’YICHA MASLAHATCHISI “IPAK YO’LI” TURIZM XALQARO UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI

04.10.2021

Joriy yilning 30-sentabr kuni Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi madaniyat va hamkorlik bo’yicha maslahatchisi Janob Loran Oriol “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti rahbariyati bilan uchrashuv chog’ida  Fransiya oliy o’quv yurtlari o’rtasida o’zaro hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilinib, xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Faxriy mehmon uchun kampus bo’ylab ekskursiya tashkil etilib, xususan: laboratoriyalar, universitet konferensiya-zali, oshxonasi, sport zali va Universitet kutubxonasi bilan tanishtirildi.

Batafsil ma’lumot.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nine − two =