“FUTURE LEADERS EXCHANGE PROGRAM” ALMASHINUV DASTURI UCHUN ARIZALAR QABULI BOSHLANDI

04.09.2020 228

FLEX – bu (15–17 yoshdagi) yuqori sinf o‘quvchilariga bir yil davomida AQShda yashash imkonini beruvchi almashinuv dasturidir. Bu dasturda o‘quvchilar Amerika maktabida ta’lim oladi va amerikaliklar oilasida yashaydi. Dastur to‘liq AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladi va bu yo‘l xarajatlari, kundalik sarf-xarajatlar uchun pul va tibbiy sug‘urta to‘lovini o‘z ichiga oladi.

Talablar:
1) O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish.
2) Xorijiy pasportga ega bo‘lish.
3) Ingliz tilini yaxshi darajada bilish.
4) Nomzod 01.01.2004 – 15.07.2006 yillar orasida tug‘ilgan bo‘lishi lozim.

Ariza topshirish jarayoni:
1) Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng 10 kun ichida onlayn ariza to‘ldirish va topshirish.
2) Onlayn sinovdan o‘tish va esse yozish.
3) Suhbatdan o‘tish.

Dedlayn: 15-oktabr 2020-yil

Ariza topshirish: https://bit.ly/32R8Gzf

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Aydinka
    #1 Aydinka 3 Dekabr, 2020, 02:32

    Hey im Aydin and i love travelling my future job tourizm msnagement

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.