«FUTURE SKILLS UZBEKISTAN» – RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI TANLOV

03.08.2020

Oʻzbekiston Respublikasi axborot va kommunikatsion texnologiyalar vazirligi, IT Park, Artel Group, RevoTech va Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan IT maktabi bilan hamkorlikda «Future Skills Uzbekistan» Respublika tanlovi haqida maʼlum qiladi, deb xabar bermoqda O’zbekiston Yoshlar ittifoqi rasmiy kanali.

Tanlov ikki yoʻnalishda boʻlib oʻtadi:

1. Muhandislik loyihalari;

2. Robototexnika.

Ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlarda oʻz loyihalarini taqdim qilishlari lozim boʻladi:

  • Muhandislik loyihalashtirish yoʻnalishlari;
  • Sanoatni avtomatlashtirish;
  • Qishloq xoʻjaligini (agrosanoat kompleksi) avtomatlashtirish;
  • Logistikani avtomatlashtirish;
  • Mashinasozlik;
  • Avtomobilsozlik;
  • 3D modellashtirish va prototiplashtirish.

Robototexnika yoʻnalishlari:

  • Tibbiyot robotlari;
  • Maishiy robotlar;
  • Manipulyatorlar;
  • Androgen robotlar;
  • Robosimulyatorlar.

Tanlov ikki bosqichda bo’lib o’tadi: birinchisi – 2020-yilning 15-avgustidan 15-sentyabriga qadar boʻlib oʻtadigan saralash bosqichi. Ikkinchisi –  final bo’lib, 2020-yilning 18-sentyabrdan 20-sentyabrga qadar oʻtkaziladi.

Tanlovda 30 yoshgacha boʻlgan istagan shaxs qatnashishi mumkin.

  • Kichik yoshdagi ishtirokchilar guruhi –  16 yoshgacha.
  • Katta yoshdagi ishtirokchilar guruhi – 30 yoshgacha.

Roʻyxatdan oʻtish 2020-yilning 24-iyuldan 14-avgustga (shu kuni ham) qadar boʻlib oʻtadi.

Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://clck.ru/PqWSS

Tanlov haqida yanada batafsil maʼlumot: www.futureskills.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × one =