GERMANIYANING TOSHKENTDAGI ELCHIXONASI FOTOTANLOV E’LON QILADI

25.06.2021

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi “Germaniya o’zbekistonliklar ko’zi bilan” mavzusida tanlov e’lon qiladi. Pandemiya tugamagan bo’lsa-da, sizda Germaniyaga oxirgi marta qilgan sayohatingizdan suratlar bo‘lishi mumkin.

Tanlovda barcha O’zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.

Talablar: suratlar yuqori sifatda (hajmi 4 MB oshmasligi kerak) va surat qayerda olinganligi haqidagi qisqacha matn bilan botschaftswettbewerb@gmail.com manziliga 15.07.2021 ga qadar jo’natilishi kerak. Suratlar bilan birga ism-sharifingiz, mobil telefon raqamingiz hamda elektron manzilingizni ham yuborishingiz lozim. Tanlovda ishtirokingiz bilan fotosuratlaringizni elchixona tomonidan ommaviy turli mahsulotlarda chop etilishiga rozilik bildirasiz.

An’anaviy tarzda suratlardan 53 tasi 2022-yil uchun mo’ljallangan yilnomada chop etiladi. 3 ta eng yaxshi surat esa maxsus sovrin bilan taqdirlanadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen + thirteen =