GERMANIYANING TOSHKENTDAGI ELCHIXONASI O‘ZBEKISTONDAGI LOYIHALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHNI DAVOM ETADI

26.01.2022

Kichik loyihalar 2022

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi yil davomida O‘zbekistondagi kichikroq miqyosdagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ular yordamida mavjud muammoli va qiyin vaziyatlarni bartaraf etishni ko‘zlaydi.

Yordam moddiy tovarlar yoki qisqa muddatli ta’lim shaklida bo’lishi rejalashtirilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha kun tartibiga kiritilgan „Barqaror Rivojlanish Maqsadlari“ (SDG) doirasida ilgari surilgan loyihalar ishtirok etishi mumkin. Bunday loyihalar, masalan, qashshoqlik va ochlikka qarshi kurash, sog’liq va farovonlik, sifatli ta’lim, gender tengligi va boshqalarni o’z ichiga oladi.

Loyihalar joriy yil ichida boshlanishi va yakunlanishi kerak.

Arizalar barcha nodavlat notijorat tashkilotlari va o‘zini o‘zi tashkil etgan guruhlar tomonidan topshirilishi mumkin.

Manfaatdor shaxslardan elchixonaning info@tasc.diplo.de elektron manziliga, erkin yozma (Word faylda) shakldagi ariza yuborishlarini va undagi loyihani asoslab berishlarini soʻraymiz. Arizada quyidagilar haqida ma’lumot berilishi kerak:

  • arizani kim topshirmoqda
  • va loyihada kimga
  • qanday holatda
  • va qaysi shaklda yordam berilishi kerak
  • shuningdek, kutilayotgan umumiy xarajatlar haqida ma’lumot

Bundan tashqari, ariza beruvchi tashkilot yoki guruhdan o’zini tanishtirish va qo’llaniladigan loyihaning bir qismini o’zi amalga oshirishi mumkinligini aytishi so’raladi.

Elchixona ariza beruvchilarnining e’tiborini mavjud mablag’lar afsuski cheklanganligiga qaratadi va shu sabab faqat bir nechta loyihalarni moliyalashtirishi mumkinligi haqida eslatib o’tadi.

Batafsil ma’lumot.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one + 16 =