HARBIY INSTITUTDA O‘zDJTUNING INGLIZ TILINI O‘RGANISH BO‘YICHA FILIALI ISH BOSHLADI

25.11.2020

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirliklari va boshqa hamkor tashkilotlar qaroriga binoan, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha filiali faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Harbiy institutda o‘tkazilgan respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi doirasida kursantlarning xorijiy tillarni o‘rganishlarini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan ushbu filialning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Universitet tomonidan harbiy institut ta’lim jarayonida ehtiyoj mavjud bo‘lgan o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlandi. Ingliz tili o‘qitiladigan auditoriyalar to‘liq jihozlandi. Hamkorlik doirasida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etilishida metodik yordam ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda O‘zDJTU qoshidagi Innovatsion markaz hamkorligida “SIGNALS” English for the Military o‘quv qo‘llanmasi yaratildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × 3 =