ILMIY LOYIHALAR TANLOVI EʼLON QILINDI

03.09.2020

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligidagi ilmiy loyihalar tanlovi eʼlon qilindi.

Mazkur tanlov o‘zbek tilining jamiyatdagi va xalqaro miqyosdagi mavqei hamda nufuzini oshirish, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishi bo‘yicha mavjud muammolarning ilmiy yechimini taʼminlash, davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladi.

Koronavirus pandemiyasi sababli respublikamizda eʼlon qilingan karantin sharoitida loyihalar www.fan-portal.uz veb-sahifasi orqali joriy yilning 2-oktyabriga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan ilmiy loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Batafsil: http://til.gov.uz/uz/news-and-announcements/news/110

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two + 4 =